Xodimi 200 nafardan oshsa…

Date:

Mehnat qonunchiligiga muvofiq, o‘z faoliyatida 200 nafardan ortiq xodim mehnat qilayotgan paxta-to‘qimachilik hamda tikuv-trikotaj korxonalari o‘z tasarrufida maktabgacha ta’lim muassasalari — ya’ni bog‘chalarni tashkil etish huquqiga ega. Bunday bog‘chalar xodimlarning farzandlariga sifatli ta’lim-tarbiya xizmatlarini ko‘rsatish, korxonalarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va ishchilarga qulay sharoit yaratish maqsadida ochiladi.

Eng muhimi, ushbu turdagi bog‘chalar oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qo‘yilgan talablarga mos faoliyat yuritgan taqdirda, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Ya’ni korxonalar tomonidan tashkil etilgan bu muassasalarga Davlat byudjetidan subsidiya ajratilishi belgilangan. Subsidiya ajratish tartibi, miqdori va shartlari amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida belgilanib, ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlashga, tarbiyalanuvchilarga sifatli ta’lim-tarbiya xizmatlarini taklif qilishga yordam beradi.

Mazkur yondashuv, bir tomondan, yirik to‘qimachilik korxonalarida band bo‘lgan xodimlarning ijtimoiy himoyasini kuchaysa, ikkinchi tomondan, maktabgacha ta’lim tizimida nodavlat sektorining rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi. Natijada bolalar uchun qulay, zamonaviy va sifatli ta’lim muhitini yaratish imkoniyati yanada kengayadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim beriladi

Ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini yo‘lga qo‘yish...

Shamsiddin Vohidov — ikki karra Olimpiada chempioni

Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan surxondaryolik...

39 xonadonga tomorqadan daromad olish imkoniyati yaratildi

Bandixon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar...

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...
KunTun
KunTun