6,9 gektarda bananchilik…

Date:

Sho‘rchi tumanida mahalliy dehqonlar tajribasi asosida banan yetishtirish ko‘lami kengayib bormoqda. Mahsulot yetishtirish hajmini oshirish, yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish maqsadida tumanning Obodon mahallasida 6,9 gektar maydonda bananchilik kooperatsiyasi tashkil etilmoqda.

Viloyat hokimi Sho‘rchi tumaniga tashrif buyurib, ushbu loyiha ijrosi bilan yaqindan tanishdi. Amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning axboroti tinglandi. Kooperatsiyani tashkil etishga ko‘maklashish va loyihaning belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlash yuzasidan topshiriqlar berildi.

Shuningdek, shahar va tumanlar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari tomonidan “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Loyihalar bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi hamda ularning ijrosi hududlarga tashriflar davomida joyiga chiqib o‘rganilishi belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun