Billing tizimidan foydalaniladi

Date:

Bordi-yu, mol-mulk va (yoki) yer solig‘i bo‘yicha qarzingiz 1 million so‘mdan oshsa, qarzdorlikni undirishda elektr energiyasining billing tizimi mexanizmidan foydalaniladi. Bunday tartib 1-yanvardan sinov tariqasida Namangan viloyatida boshlanadi, keyinroq boshqa hududlarda ham joriy etilishi mumkin. Mexanizmning aniq tafsilotlari ma’lum emas. Avvalroq chiqindidan qarzdorlarning elektr energiyasiga to‘lov qilish imkoniyatini cheklash yo‘lga qo‘yilgan edi.

“Soliqlarning yig‘iluvchanlik darajasini oshirish va faol soliq to‘lovchilarni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” prezident qarori qabul qilindi.

Soliq qo‘mitasi eksperiment natijalari asosida uni boshqa hududlarda joriy etish bo‘yicha takliflarni 2026-yil 1-oktyabrgacha Vazirlar Mahkamasiga kiritishi belgilandi.

Qarorga asosan, jismoniy shaxslarning soliq qarzi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tijorat banklari va to‘lov tashkilotlarining mobil ilovalari foydalanuvchilariga ilovaning asosiy sahifasida aks ettirib boriladi. Markaziy bankka bu masalada Soliq qo‘mitasiga amaliy yordam ko‘rsatish topshirig‘i berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

9 oylik faoliyat sarhisob qilindi

Surxondaryo viloyati sudida 2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida odil sudlovni ta’minlash,...

Maktab sig‘imi 660 o‘ringa kengaydi

Ta’lim muassasalarida o‘quv o‘rinlarini ko‘paytirish va zamonaviy sharoitlarni yaratish...

Bola rivojida o‘yinning kuchi

Bolaning har tomonlama rivojlanishida o‘yin faoliyati muhim o‘rin tutadi....

Noyob ko‘rshapalak qayd etildi

Tabiatda kam uchraydigan va hali yetarlicha o‘rganilmagan jonivorlarni aniqlash...
KunTun
KunTun