Ekologik stiker tizimi joriy etildi

Date:

O‘zbekistonda avtotransport vositalarining ekologik holatini aniqlash va uch toifaga ajratish tizimi joriy etildi. Endilikda avtomobillar ishlab chiqaruvchi belgilagan ekologik sinfga ko‘ra “toza”, “o‘rta” va “zararli” toifalarga bo‘linadi hamda tegishli rangdagi ekostikerlar beriladi:

Yashil — “toza”,

Sariq — “o‘rta”,

Qizil — “zararli”.

Gibrid, muqobil yoqilg‘ida ishlovchi va ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan avtomobillar avtomatik ravishda “toza” toifaga kiritiladi. Ekostikerlar YHXX bo‘linmalari yoki my.gov.uz orqali rasmiylashtiriladi va muddatsiz amal qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sifat, xalqaro mezonlar va yangi imkoniyatlar

Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga Alvis Pathway xalqaro ta’lim...

Milliy meros targ‘ibotchilari saralandi

Milliy qadriyatlar — xalqning o‘zligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy...

Teatr sahnasida hayot saboqlari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari Termiz shahridagi...

Suv ta’minotining yangi tizimi yaratilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning tuman hududlarini o‘rganishi davomida...
KunTun
KunTun