Soliqni importchi to‘laydi

Date:

Iqtisodiyot va moliya vazirligi taqdim etgan 2026–2028-yillar byudjetnomasiga ko‘ra, 2026-yil 1-apreldan boshlab kartoshka chipslariga aksiz solig‘i joriy etilishi taklif qilindi. Taklifga muvofiq, iste’molga tayyor 1 kilogramm kartoshka chipsi uchun 15 ming so‘m miqdorida aksiz solig‘i belgilanishi ko‘zda tutilmoqda. Soliqni kartoshka chipsi ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar hamda mamlakatga mazkur mahsulotni olib kiruvchi importchilar to‘laydi.

Mazkur tashabbus Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari va Sog‘liqni saqlash vazirligining sog‘lom ovqatlanishni rag‘batlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, boshqa davlatlar tajribasi ham o‘rganilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...
KunTun
KunTun