Diplomi tan oladi

Date:

O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston hukumatlari oliy ta’lim sohasida hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha Bitim imzoladi. Bitimga ko‘ra, ishtirokchi davlatlarning milliy qonunchilik asosida akkreditatsiyadan o‘tgan OTM diplomlari endi mintaqa bo‘ylab o‘zaro tan olinadi. Bu esa fuqarolarga boshqa davlatlarda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlash, amaliyot o‘tash, ta’limni davom ettirish huquqini beradi.

Diplomlar oliy ta’limning umumiy malaka talablariga mos kelgan taqdirda tan olinadi, faqat jiddiy nomuvofiqliklar aniqlansa, tan olinmasligi mumkin. Bitimni amalga oshirish uchun har bir davlat vakolatli organini belgilab, bu haqda depozitariyni xabardor qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...
KunTun
KunTun