Daromad va imtiyoz

Date:

Prezidentning “Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali ijtimoiy yordam tizimini takomillashtirishga oid PF–222-son Farmoni (20.11.2025-y.) qabul qilindi. Ushbu hujjat yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan.

Farmonning asosiy maqsadlari:

“Yoshlar daftari”dagi 16 ming nafar yoshni doimiy daromad manbaiga ega qilish;

“Mutolaa” loyihasi orqali kitobxon yoshlar ulushini 10 foizga oshirish;

“Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida xorijiy tillarni biluvchi yoshlar ulushini 30 foizga yetkazish.

Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan yoshlar ijtimoiy shartnoma asosida qo‘llab-quvvatlanadi. Buning uchun yoshlar ta’limni uzluksiz davom ettirishi, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini yaxshilashi, volontyorlik faoliyatida qatnashishi, “Besh tashabbus olimpiadasi” loyihalarida ishtirok etishi lozim.

Shuningdek, 1 oylik harbiy xizmat bepul — xarajatlarni davlat qoplaydi. Haydovchilik guvohnomasi (“A”, “B”, “D”, “DE”) uchun o‘qish bepul — to‘lov “Yoshlar daftari” jamg‘armasi tomonidan amalga oshiriladi. Kollej va OTM kontraktining esa 50 foizgacha qismi jamg‘arma hisobidan to‘lab berilishi mumkin.

Mazkur Farmon yoshlarning ta’lim olishiga, kasbga ega bo‘lishiga, daromad topishiga va jamiyatda faol bo‘lishiga keng imkoniyatlar yaratib, ularning hayot sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mini futboldan shaxmatgacha…

Joriy yilning 7-aprel kuni Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida...

Tanishuv ko‘ngildagidek kechdi

Boysun tumanida “Boysun bahori” turizm majmuasida bo‘lib o‘tadigan bayram...

Loyihalar ijrosi muhokama qilindi

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanining "Karvon" mahallasida bo‘lib,...

Tizimda yangi turtki

Angor tumanida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash...
KunTun
KunTun