“Kelajak sari ilk qadam”

Date:

Termiz shahridagi muhtasham “San’at saroyi”da 2025/2026-o‘quv yilida Termiz davlat pedagogika intitutiga qabul qilingan birinchi bosqich talabalari uchun unutilmas “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Yangi o‘quv yilining eng hayajonli kunlaridan biri yoshlarga katta mas’uliyat, ulkan maqsadlar va yorqin orzular eshigini ochib berdi.

Tadbirda talabalikka endigina qadam qo‘ygan yoshlar institut tamoyillariga sodiq bo‘lish, ilm va izlanish yo‘lida tinimsiz harakat qilish, Vatan ravnaqi uchun xizmat qiluvchi yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishga tantanali ravishda qasamyod qildilar. Rektor tomonidan ramziy “Bilimlar kaliti” topshirilishi esa bu ulug‘ yo‘lning mas’uliyatli boshlanishi sifatida yoshlarga kuch va ishonch bag‘ishladi.

Shu bilan birga, “Yilning eng faol talabasi — 2025” tanlovining institut bosqichi g‘oliblari tantanali tarzda taqdirlanib, ularga sertifikatlar hamda qimmatbaho vaucherlar (3 mln so‘m, 2 mln so‘m, 1 mln 500 ming so‘m) topshirildi. Bu esa boshqa talabalar uchun ham o‘rnak bo‘ladigan, ularda intilish va maqsad sari dadil borish ruhini yanada kuchaytiradigan e’tirof bo‘ldi.

Tadbir yoshlarga: “Bugun boshlangan har bir kichik qadam — ertangi yutuqlarning poydevori!” degan kuchli motivatsiyani ulashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajakni asrang!

Har yili 22-mart — Butun jahon suv resurslari kuni...

Qochib bo‘lmaydi

Ba’zida farzandini yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ba’zi bir onalar nikoh...

EKOLOGIYA — BEPARVOLIKNI KECHIRMAYDI

Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish masalasi jamiyat taraqqiyoti, aholi...

Huquqiy davlatning muhim poydevori

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida demokratik huquqiy davlat va kuchli...
KunTun
KunTun