Imtiyozli shartlarda…

Date:

Hukumat qarori (637-son, 10.10.2025-y.) bilan “Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi to‘g‘risida ”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom, imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha hujjatlarni taqdim etishda yagona talablarni belgilaydi.

Zararli va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omillariga ega bo‘lgan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarni Ro‘yxatga kiritish zarurati haqidagi xodimlarning takliflari ikki nusxada tayyorlanib, ish beruvchi hamda korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organiga yuboriladi.

Ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni tayyorlash va ish beruvchiga taqdim qilish uchun Komissiya quyidagilarni tekshiradi, jumladan:

– ish joyining rejasi ishlab chiqarishlar, ishlar va uskunalar joylashgan korxonaning bosh loyihasiga mosligini;

– texnologik jarayonga, uskunalarni ishlatish bo‘yicha qoidalarga rioya etilganini, jihozlar, asboblar va uskunalar sozligini;

-jamoa va shaxsiy himoya vositalarining mavjudligi va yaroqliligi, himoya kiyimining mavjudligi va mosligini;

– Tekshirish vaqtida aniqlangan mehnat sharoitlarining belgilangan meyorlarga nisbatan buzilishi holatlari va kamchiliklar attestatsiya o‘tkazilishiga qadar bartaraf etiladi.

G‘.Xidirov,

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlaro sudi raisi

Oldingi sahifaIkki hissagacha haq to‘lanadi
Keyingi sahifaADOLAT

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun