Ta’lim sifati o‘rganildi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qumqo‘rg‘on tumanidagi 25-son maktabda ta’lim sohasidagi vazifalar ijrosini o‘rgandi. Maktabda amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari natijasida o‘quvchilar uchun qulay sharoitlar yaratilgani bilan tanishdi va o‘quvchilar bilan suhbatlashdi.

Shundan so‘ng, ijtimoiy soha va ta’minot tizimi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilib, ta’lim muassasalarini sog‘lom ovqat bilan ta’minlash, bolalar qamrovini oshirish hamda past ko‘rsatkichli maktablar faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Viloyat hokimi mutasaddilarga ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish va islohotlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogohlik, bilim va mas’uliyat — eng muhim himoya

Bugungi kunda axborot texnologiyalari inson hayotining barcha sohalariga chuqur...

Sukut — daxlsizlik kafolati

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson huquqlariga oid normalarning bir necha...

Xalq manfaati dadillikka chorlaydi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hayotimizning...

Taraqqiyotning ma’naviy tayanchi

Diniy bag‘rikenglik – bu shunchaki turli din vakillarining yonma-yon...
KunTun
KunTun