Eronlik ustozdan mahorat darslari

Date:

Termiz davlat universitetida xalqaro hamkorlik doirasida Eron Respublikasining Sheyda instituti musiqa o‘qituvchisi Tahmineh Fakhravari tomonidan “O‘zbekiston va Eron musiqa san’atining bog‘liqligi” hamda “Eron klassik musiqasi” mavzularida mahorat darslari o‘tkazildi.

Bir oy davom etgan darslar davomida talabalarga vokal san’ati, an’anaviy xonandalik va solfedjio bo‘yicha chuqur bilimlar berildi. Bu tashabbus musiqiy ta’limda xalqaro tajriba almashuvini kengaytirish, ikki xalq madaniy aloqalarini mustahkamlash hamda talabalar ijodiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Tadbir yakunida Tahmineh Fakhravari universitet rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib, hamkorlikni yanada kengaytirish istagini bildirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...
KunTun
KunTun