Sud ekspertlari palatasi tuziladi

Date:

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Sud-ekspertlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Mazkur hujjat sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish, ekspertlarning huquqiy maqomini mustahkamlash hamda sohada nodavlat sud ekspertlarining faoliyatini yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi. Qonun loyihasiga ko‘ra, ilmiy muassasalarga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirish huquqi beriladi.

Shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribadan foydalanish maqsadida xorijiy mutaxassislarni sud eksperti sifatida jalb etish, advokatlar va jismoniy hamda yuridik shaxslarning so‘rovlariga asosan shartnoma asosida ekspertiza o‘tkazish tartibi joriy etilmoqda. Sud-ekspertlik faoliyatining ishonchliligini oshirish uchun akkreditatsiya va validatsiya tizimlarini joriy etish, shuningdek, nodavlat ekspertlarni birlashtiruvchi Sud ekspertlari palatasini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Deputatlar qonun loyihasini ishlab chiqishda xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalari o‘rganilgani va ular inobatga olinganini ta’kidlab o‘tdilar. Muhokamalar yakunida hujjat birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...
KunTun
KunTun