100 nafar ish oʻrni yaratildi

Date:

Termiz shahrida “Turk Lab Medical” MChJ xorijiy korxonasi tomonidan qiymati 10 million AQSh dollariga teng bo‘lgan zamonaviy diagnostika, laboratoriya va sog‘lomlashtirish markazi foydalanishga topshirildi.

Yangi markaz ishga tushirilishi natijasida 100 nafardan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi. Bu nafaqat aholiga yuqori sifatli tibbiy xizmatlar ko‘rsatish imkonini beradi, balki hudud iqtisodiyotining rivojlanishiga ham hissa qo‘shadi.

Markazda zamonaviy laboratoriya tekshiruvlari o‘tkaziladi, gemodializ bo‘limida buyrak yetishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlarga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatiladi. Shuningdek, ayollar uchun go‘zallik va sog‘lomlashtirish xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun