Tezkor, shaffof va qog‘ozsiz

Date:

Bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya davrida sud-huquq tizimini sun’iy intellekt asosida modernizatsiya qilish nafaqat texnologik yangilik, balki adolatni ta’minlashning yangi bosqichi sifatida qaralmoqda.
Prezidentimizning joriy yil 21-avgustdagi farmoni va unga asosan ishlab chiqilgan “Raqamli sud” konsepsiyasi — bu mamlakat sud tizimini zamonaviy raqamli maydonga olib kiruvchi strategik islohotdir.
Mazkur tashabbusning ahamiyati shundaki:
— Sud jarayonlari tezkor, shaffof va qog‘ozsiz shaklda amalga oshadi;
— Fuqarolar uchun adliya tizimiga murojaat qilish soddalashadi, ularning huquqlari yanada samarali himoya qilinadi;
—Sun’iy intellekt tahlillari yordamida sud qarorlarining aniqligi va adolatliligi oshadi;
— “my.sud.uz” platformasi orqali har bir fuqaro sud jarayonini onlayn kuzatib, o‘z ishi bo‘yicha ma’lumotlarni tez oladi;
— Kiber huquq va raqamli savodxonlikni rivojlantirish orqali sud tizimi global standartlarga yaqinlashadi.
Shunday qilib, “Raqamli sud” — bu oddiy texnologik loyiha emas, balki inson huquqlarini himoya qilish, adolatni tez va ochiq tarzda ta’minlashga xizmat qiluvchi ishonchli mexanizm. Ushbu islohotlar orqali O‘zbekiston sud tizimi raqamli asr talablari darajasida yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

Jaloliddin Xurramov,
viloyat ma’muriy sudi sudya katta yordamchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh interneti sinovdan o‘tkaziladi

2026-yilda O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh interneti, jumladan Starlink texnologiyasi asosida...

Istiqboldagi vazifalar belgilandi

Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat, shahar...

Kontrafakt mahsulotlar yo‘q qilindi

Surxondaryo viloyatida sud qarorlariga asosan umumiy qiymati qariyb 180...

Milliy gerbariy filiali ish boshladi

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida O‘zbekiston Milliy gerbariysining...
KunTun
KunTun