Ish ishtaha ochmadi

Date:

Baliq yegisi kelgani Tillobek (ism va familiyalar o‘zgartirilgan) yelkasiga to‘rni ilganicha daryoga yo‘l oldi. Qishloq yaqinidagi “Machaysoy” daryosi tabiiy baliqlarga boy bo‘lib, Tillobek qirg‘oq yaqinidan to‘rni daryoga tashladi.
Biroz o‘tgach, to‘r qimirlay boshladi. Tillobek shoshilgancha uni suvdan chiqardi. 16 ta baliq ilinibdi. Albatta, bu paytda Tillobek tutgan baliqlari bilan tabiatga zarar keltirganini xayoliga ham keltirmagandi. Ikkinchi bor to‘rni daryoga tashlarkan, yoniga kelgan viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xodimlarini ko‘rib, xatosini tushundi.
Xodimlar suvdagi to‘r va tutilgan baliqlarni ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olishdi. Ular Tillobekka tutgan baliqlari “Samarqand xramulyasi” turiga kirishini, uni ovlash natijasida hayvonot dunyosiga jami
12 million so‘m zarar yetkazganligini tushuntirib o‘tishdi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan ma’muriy ish ochilib, mazkur ish jinoyat ishlari bo‘yicha Boysun tumani sudida muhokama qilindi. Sud Tillobekdan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida jarima va ish bo‘yicha yetkazilgan 12 million so‘m zarar undirishni lozim topdi.

Nizom Mahmudov,
Jinoyat ishlari bo‘yicha Boysun tumani sudi tergov sudyasi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun

Toshkent shahrida 7 davlat sportchilari ishtirokida o‘tgan Osiyo xalqaro...

Sudga yangi rais tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3-martdagi farmoniga muvofiq, Tolib Bayzakov Surxondaryo...

“2+6” dasturi: sertifikatlar topshirildi

Surxondaryo viloyatida yoshlarni xorijiy tillarni o‘rganishga keng jalb etish...

Yangi xorijiy korxona ish boshlaydi

Bandixon tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga qaratilgan...
KunTun
KunTun