Sanjar shohsupada

Date:

Termiz shahrida o‘tkazilgan “Muay Thai” bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi – 2025 musobaqasida Termiz davlat universiteti talabasi Sanjar Nasreddinov 71 kilogramm vazn toifasida yuqori mahorat, kuch va g‘ayrat namoyish etib, barcha raqiblarini ishonchli tarzda mag‘lub etdi.

Sanjar ketma-ket g‘alabalar bilan final bosqichiga yo‘l oldi va hal qiluvchi jangda ham raqibiga imkon qoldirmay, O‘zbekiston kubogi g‘olibi unvonini qo‘lga kiritdi. Bu natija nafaqat sportchining shaxsiy yutug‘i, balki Termiz davlat universitetining sport salohiyatini namoyon etuvchi yirik muvaffaqiyatdir.

Sanjarning bu g‘alabasi yoshlarimizning irodasi, fidoyiligi va mehnatsevarligini yana bir bor tasdiqladi. U o‘zining qat’iyati, intilishi va sportga bo‘lgan muhabbati bilan ko‘plab talabalar uchun haqiqiy motivatsiya va faxr manbayiga aylandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bog‘cha ishga tushdi

Sho‘rchi tumanining “Baxshtepa” mahallasida 90 o‘rinli 50-sonli yangi bog‘cha...

Piyoz yig‘imi boshlandi

Qumqo‘rg‘on tumanining "Yangi qishloq" mahallasida mahalliy dehqonlar piyoz hosilini...

Diyorbek AQShda o‘qiydi

Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Diyorbek O‘ralov Amerika Qo‘shma...

940 gektar maydonda…

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifida vohaning quyoshli iqlimidan...
KunTun
KunTun