“Yoshlar turizm ko‘chasi” ochildi

Date:

Muzrabot tumanida yoshlarga bag‘ishlangan yangi ezgu tashabbus — “Yoshlar turizm ko‘chasi” tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari F.Raxmonov, nuroniy otaxonlar, yoshlar, soha mutasaddilari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning iqtidorlarini ro‘yobga chiqarish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida ta’kidladilar. Rasmiy lenta kesilishi bilan yangi ko‘cha faoliyat boshladi va mehmonlar ko‘chma do‘konlar, hunarmandlar burchagi hamda yoshlar uchun mo‘ljallangan dam olish maskanlari bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbir davomida chiroyli kuy-qo‘shiqlar, o‘yin-kulgu va ko‘tarinki ruh hukm surdi. Yoshlar o‘z iste’dodlarini namoyish qilib, bayramona kayfiyat ulashdilar.

“Yoshlar turizm ko‘chasi” loyihasi yoshlar orasida turizmga qiziqishni oshirish, ularning tashabbuskorligini rag‘batlantirish va hududda sog‘lom madaniyat hamda muhitni shakllantirishga xizmat qiladi. Bu tashabbus hududning ijtimoiy-madaniy hayotini boyitib, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar eshigi ochilmoqda

Surxondaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi tashabbusi bilan Yaponiya hamkor...

Yoʻqlovdan mamnun

Muborak Ramazon oyi munosabati bilan Sherobod tumanida ijtimoiy ko‘makka...

Jarima xatlari qanday yetkaziladi?

2026-yil 1-martdan boshlab yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun rasmiylashtiriladigan...

Tizim faoliyati o‘rganildi

Adliya vaziri Akbar Tashkulov Bandixon tumaniga xizmat safari doirasida...
KunTun
KunTun