Yoshlar uchun qulaylik va ilhom manbayi

Date:

Termiz davlat pedagogika instituti hayotida quvonchli voqea yuz berdi – talabalar uchun mo‘ljallangan yangi turar joy o‘z eshiklarini ochdi.

Yotoqxona nafaqat 400 nafar talabani o‘z bag‘riga sig‘dirishi, balki ularning ta’lim olishi, dam olishi va ijodiy izlanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgani bilan ham ahamiyatli. Zamonaviy interer, o‘quv xonalari, hordiq maskanlari – barchasi talabalar uchun yaratilgan g‘amxo‘rlik ramzi sifatida ko‘zga tashlanadi.

Tantanali marosimda so‘z olgan mutasaddilar 1-oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bilan barchani tabriklar ekan, yangi binoning yoshlar kelajagi uchun qanchalik muhimligini ta’kidladilar. Zero, bunday qulayliklar ta’lim sifatiga ham, talabalar ruhiyatiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Davlat-xususiy sherikchilik asosida bunyod etilgan ushbu 5 qavatli yotoqxona yoshlar uchun oddiy yashash joyi emas, balki imkoniyatlar maydonidir. Bu yerda ular nafaqat darslarga tayyorlanadilar, balki o‘z orzularini shakllantiradilar, iqtidorlarini namoyon etadilar va eng muhimi – o‘z yo‘llarini topadilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajakni asrang!

Har yili 22-mart — Butun jahon suv resurslari kuni...

Qochib bo‘lmaydi

Ba’zida farzandini yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ba’zi bir onalar nikoh...

EKOLOGIYA — BEPARVOLIKNI KECHIRMAYDI

Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish masalasi jamiyat taraqqiyoti, aholi...

Huquqiy davlatning muhim poydevori

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida demokratik huquqiy davlat va kuchli...
KunTun
KunTun