Uch avlod muloqoti – tajriba va ishonch ko‘prigi

Date:

Qiziriq tumanidagi 50-sonli umumta’lim maktabida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Sharof Shukurov tashabbusi bilan “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi. Tadbir maktab ma’muriyati, faxriylar, o‘qituvchilar va o‘quvchi yoshlarni bir davraga jamladi.

Mazkur uchrashuvning asosiy g‘oyasi – tajriba, mas’uliyat va ishonchni avloddan-avlodga yetkazish. Nuroniylar va favqulodda vaziyatlar xizmatida yillar davomida fidokorona xizmat qilgan faxriylar yoshlarga o‘z hayotiy saboqlarini ulashdi. Ular Vatanga sadoqat, fidoyilik va xavfsizlikni ta’minlash yo‘lidagi xizmatning og‘ir, biroq sharafli tomonlari haqida so‘zlab berishdi.

Yoshlar esa bunday uchrashuvlarda o‘z oldilariga yangi maqsad qo‘yish, kelajakka ishonch bilan qarash, el-yurtga munosib farzand bo‘lish mas’uliyatini chuqur his etish imkoniyatini topdilar. O‘qituvchilar fikricha, bu kabi tadbirlar darslikda yozilmagan, ammo hayotning o‘zi o‘rgatadigan eng muhim saboqlardan biridir.

Uchrashuv samimiy muloqot, xotiralar va hayotiy maslahatlar bilan boyidi. Eng muhimi, tadbir ishtirokchilariga shuni anglatdi: avlodlar o‘rtasidagi bog‘liqlik — jamiyat barqarorligi va taraqqiyotining asosiy garovi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Mening maktabim” loyihasi boshlanmoqda

Joriy yilning 22-oktyabridan boshlab 2025/2026-oʻquv yili doirasida “Mening maktabim”...

Saraton qarshi “super vaksina”

Vaksina yuborilgan sichqonlarning 88 foizida shish paydo bo‘lmagani aniqlandi....

Ilk kunda ikkita oltin medal

Bahraynda bo‘lib o‘tayotgan III Osiyo yoshlar oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi...

Azim Samarqandga ma’naviy sayohat

Bandixon tumanining “Navbahor” mahallasida joylashgan fermer xo‘jaliklari, mahalla yettiligi...
KunTun
KunTun