Taraqqiyot poydevori

Date:

Jamiyat taraqqiyoti, inson tarbiyasiga, inson tarbiyasi esa ilk yoshdan boshlangan ta’lim va tarbiya jarayoniga chambarchas bog‘liq.Shu bois maktabgacha ta’lim tarbiyachilarining mehnati nafaqat bolajonlarning, balki butun kelajak avlodning taqdirini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tarbiyachilar bolalarning ilk dunyoqarashini shakllantiradi, ularni mustaqil fikrlash, tartib-intizom, mehr-oqibat, o‘zaro hurmat kabi hayotiy qadriyatlarga o‘rgatadi. Tarbiyachining mehribonligi, sabr-toqati va kasbiga sadoqati tufayli bola maktab bosqichiga tayyor, bilim olishga qiziquvchan, jamiyatga foydali inson sifatida ulg‘ayadi.
Bugun yurtimizda maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, tarbiyachilarning bilim va malakasini oshirish, ularga munosib sharoit yaratish davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa kelgusida har tomonlama yetuk, zamonaviy fikrlaydigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq avlodni voyaga yetkazishda muhim kafolatdir.
Tarbiyachilar – bu jamiyatning poydevorini mustahkamlovchi, taraqqiyotning eng ishonchli tayanchi sanaladi. Ularning fidokorona mehnati tufayli kelajak avlod yurtimiz taraqqiyoti va ravnaqida munosib hissa qo‘sha oladigan barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetadi.

Matluba Bozorboyeva,
Termiz shahridagi
30-DMTT tarbiyachisi

Oldingi sahifaGANDBOL OMMAVIYLASHMOQDA
Keyingi sahifaBirinchi saboq

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktablarimizda 56 nafar xorijiy pedagog faoliyat yuritmoqda

Surxondaryo viloyatidagi umumta’lim maktablariga ilg‘or xorijiy ta’lim tajribalarini joriy...

Qishki tayyorgarlikdan yirik loyihalargacha

Surxondaryo viloyatida aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan...

Sherobod — anor yetishtirish markazi

Surxondaryo viloyatidagi 9 ming gektar anorzorning 5 ming gektari...

Internetdagi har bir harakat uchun javobgarlik bor

Bugun internet axborot olish, bilim va dunyoqarashni kengaytirish uchun...
KunTun
KunTun