Malakasi oshirildi

Date:

Mahalla davlat va xalq oʻrtasidagi koʻprik hisoblanadi. U xalq dardini davlat organlariga yetkazishda ham asosiy vositachi hisoblanadi. Bundan tashqari, mahalla raislari mahalladagi har bir oilani, fuqaroni yashash muhiti, oilaviy sharoitini yaxshi biladi. Shu bois, kelin tanlashda ham, qiz uzatishda ham, eng avvalo, mahalladan soʻrab surishtiramiz. Ularning bergan tavsiyalariga binoan ish koʻramiz.

Shuningdek, mahallada jinoyatchilikning oldini olish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, xotin-qizlar, yoshlar va keksalar bilan ishlash kabi vazifalar mahalla raisining muhim yoʻnalishi hisoblanadi. Mahalla raisi jamiyatdagi koʻpgina ijtimoiy jarayonlarni boshqaradigan, fuqarolarning muammolarini hal qilishga bosh boʻladigan, xalq ishonchiga sazovor boʻlgan yetakchidir. Uning samarali faoliyati mahalla tinchligi va farovonligi uchun asos boʻladi.

Termiz tumanidagi Afgʻon fuqarolarini oʻqitish maktabi binosida mahalla raislarini malakasini oshirish oʻquv seminari oʻtkazildi. Seminarda shahar va tuman mahallalari raislari hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Mashʼulotda mahalla raislarining faol boʻlishi, aholiga samarali faoliyat koʻrsatishi, Mahalla raislarining “Mahalla yettiligi” a’zolari faoliyatini samarali tashkil etish hamda ularning davlat organlari, jamoat tashkilotlari, xalq deputatlari kengashlari bilan oʻzaro hamkorligini tizimli yoʻlga qoʻyishdagi ustuvor vazifalar belgilandi.

Shuningdek, ishsiz aholini bandligini ta’minlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha 2025-yil yakunlari va 2026-yildagi ustuvor vazifalar toʻgʻrisida tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi boshligʻi Y. Davlatov, Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish mexanizmlari toʻgʻrisida tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi S. Choriyev, Raqamli mahalla platformasi hamda “edo.ijro.uz” tizimini amaliyotga samarali joriy etish, mahallaning moliyaviy imkoniyatlarini oshirish hamda mahalla jamgʻarmasidagi mablagʻlarni maqsadli sarflash haqida mas’ullar tomonidan fikr-mulohazalarga quloq tutildi.

Dinara Qoʻzimurorotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Qogʻozsiz bir kun”

Oʻzbekistonda davlat idoralarida qogʻoz sarfini keskin kamaytirish va ish...

Ochiq mavsum va keng imkoniyatlar

Turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi. Xalqaro bozordagi...

Muhim qaror

Sariosiyolik Abdurashid Xaliqov o‘z hayoti davomida halol mehnati bilan...

Navro‘z – hamjihatlik timsoli

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Bandixon tumanida keng ko‘lamli...
KunTun
KunTun