Isitish mavsumida yordam 1 million so‘m

Date:

O‘zbekistonda isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida noyabr oyida ayrim oilalarga 1 million so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam beriladi. Ushbu yordam puli “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi, “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan hamda “mahalla yettiligi” tomonidan shakllantirilgan qo‘shimcha ro‘yxatdagi oilalar olishi mumkin. 

Qo‘shimcha ro‘yxatga qabul qilishda boquvchisini yo‘qotgan, I yoki II guruh nogironligi bor shaxslar mavjud oilalar, nogironligi bo‘lgan bolani parvarishlayotgan hamda gaz ta’minoti mavjud bo‘lmagan va markazlashtirilgan isitish tizimi yo‘q bo‘lgan ko‘p qavatli uylarda yashovchi oilalar, bir xonadonda 3 va undan ortiq oila birgalikda yashovchi,uzoq muddatli davolanishni talab etuvchi og‘ir kasallikka chalingan shaxslar yashaydigan oilalar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi shaxslar hamda yolg‘iz yashovchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar ham ushbu toifaga kiradi. Ushbu toifalarga mos kelgan ehtiyojmand oila vakillari 25-sentabrga qadar “mahalla yettiligi”ga murojaat qilishi lozim.

 Qo‘shimcha ravishda shakllantiriladigan ro‘yxatdagi oilalar soni reyestrlarga kiritilgan oilalar sonining 40 foizidan oshmasligi lozim. Hokimliklar tegishli hudud bo‘yicha ehtiyojmand oilalar soniga mahallalar kesimida o‘zgartirish kiritishi mumkin.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi “Xalq banki” bilan birgalikda bir martalik moddiy yordam to‘lanishini ta’minlaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qiyin ahvolga tushsa, yengillik beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining “Banklar kapitalining monandligiga qo‘yiladigan...

“Maromiylik” tadbirlari boshlandi

Denov tumanining “Yangi hayot” mahallasida Oila va xotin-qizlar bo‘limi,...

Qarovsiz bog‘ sayilgohga aylanadi

Surxondaryoda yangi savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarining ishga tushirilishi...

Loyihalar yanada takomillashtiriladi

Surxondaryoda Prezident tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan yirik "To‘palang" suv...
KunTun
KunTun