Hamkorga imtiyoz bor

Date:

Joriy yildan boshlab oliygohlarda qabul kvotalarini investitsiya loyihalarida kadrlarga boʻlgan talabdan kelib chiqib shakllantirish tizimi yoʻlga qoʻyildi.

Prezident ishtirokida boʻlib oʻtgan yigʻilishda qayd etilishicha, endilikda investor buyurtmasi bilan texnikumlarda ham kadrlar maqsadli tayyorlanadi. Investor soʻroviga asosan texnikumdagi ta’lim dasturlarini 30 foizgacha oʻzgartirish mumkin boʻladi.

Texnikum bilan dual ta’limni yoʻlga qoʻygan korxonalarga imtiyozli kredit ajratiladi. Shu bilan birga, tarmoq uyushmalari oʻzlariga a’zo ish beruvchilarning malaka talablarini tayyorlab bera olmayotgani, oqibatda korxona ham zarar koʻrayotgani, texnikumlar ham nimani oʻqitishni bilmayotgani boʻyicha e’tiroz bildirildi.

Mutasaddilarga yil yakunigacha yangi agentlik bilan birgalikda tarmoqlardagi korxonalar uchun kerakli kasblar kesimida standart va talablarni ishlab chiqish topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Qogʻozsiz bir kun”

Oʻzbekistonda davlat idoralarida qogʻoz sarfini keskin kamaytirish va ish...

Ochiq mavsum va keng imkoniyatlar

Turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi. Xalqaro bozordagi...

Muhim qaror

Sariosiyolik Abdurashid Xaliqov o‘z hayoti davomida halol mehnati bilan...

Navro‘z – hamjihatlik timsoli

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Bandixon tumanida keng ko‘lamli...
KunTun
KunTun