Surxondaryoga “yashil transport”

Date:

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda xalqaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlari jadal rivojlanmoqda. Xususan, ekologiya, transport va energetika sohalarida ilg‘or xorijiy tajribani jalb qilish, zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish orqali hayot sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu jarayonlar natijasida ekologik toza transport vositalarini joriy etish ham yurtimiz shaharlarida qulay va zamonaviy jamoat transporti tizimini yaratishga xizmat qilmoqda.

Shu doirada Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qozog‘istonning ekologik toza transport ishlab chiqaruvchi “Falcon Euro Bus” kompaniyasi delegatsiyasini qabul qildi.

Kompaniya Yevropa standartlariga mos, xavfsiz, energiya tejamkor va qulay elektrobuslar ishlab chiqaradi. Ayrim modellari esa jahon bozorida o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.

Uchrashuvda uzoq muddatli hamkorlik, servis xizmatlarini mahalliylashtirish, mutaxassislar tayyorlash hamda kelgusida ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Natijada shahar jamoat transporti uchun elektrobuslar yetkazib berish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.

Shuningdek, viloyat hokimi tashrif davomida “Top Quality Brand” MCHJ terini qayta ishlash korxonasi faoliyati va mahsulotlari bilan ham tanishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talablar nazoratda

Sariosiyo tuman ekopolitsiya bo‘limi tomonidan yuqumli kasalliklar bo‘limida o‘tkazilgan...

Obod va ko‘rkam

Muzrabot tumani markaziy yo‘llari bo‘ylab “Yashil makon” loyihasi doirasida...

TerDU xalqaro trening mezboni

Termiz davlat universitetida “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan va texnologiyalar...

Yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda

Sariosiyo tumanida aholi uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish...
KunTun
KunTun