Surxondaryoda xususiy sektor kengaymoqda

Date:

“O‘zbekiston—2030” strategiyasiga muvofiq 2030-yilgacha nodavlat sektor ulushini 85 foizga yetkazish va davlat ishtirokidagi korxonalarni 6 baravarga qisqartirish bo‘yicha vazifalar ijrosini ta’minlash, davlat ishtirokidagi yirik korxonalar va tijorat banklarini transformatsiya qilish, ular tarkibidagi raqobat muhiti shakllangan sohalardagi korxonalar sonini kamaytirish hamda xususiylashtirish
jarayonlarini yanada jadallashtirish maqsad qilingan.Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida” farmoni qabul qilingan bo‘lib, ushbu farmonga ko‘ra, 2025-yilda xususiylashtirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:
— 30 trillion so‘mlik davlat aktivlari va yer uchastkalarini sotish va kamida 10 trillion so‘m tushumni ta’minlash;
— davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarga tegishli 115 ta jamiyat ustav kapitalidagi ulushlarni, 659 ta ko‘chmas mulk obyektini va 6,1 ming gektar yer uchastkalarini savdoga chiqarish;
— dastlabki bosqichda kamida 30 ta foydali qazilma kon va uchastkalaridan foydalanish huquqini savdoga chiqarish;
Shuningdek, 2030-yil 1-yanvargacha davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishga moratoriy joriy qilindi. Shu bilan birga, xususiylashtirish va davlat mulkini ijaraga berish yo‘nalishlarida ham bir qator imtiyozlar va qulayliklar yaratildi. Jumladan, davlat aktivini sotib olish to‘lovlari 1 oy davomida to‘langan taqdirda, xaridorga xarid summasidan Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida chegirma qo‘llaniladi.
Davlat ko‘chmas mulk obyektlari va davlat ulushlari uchun sotib olish to‘lovlarining miqdoriga qarab 3 yilgacha bo‘lgan muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud. Mehmonxona va turizm xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha davlat mulkini savdoga chiqarishda hamda tibbiyot va ta’lim tashkilotini tashkil etish uchun auksion savdolarida sotilgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarining sotib olish narxidan qat’i nazar barcha xaridorlarga xarid to‘lovlarini 5 yil muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatlari beriladi.
Davlat mulkini ijaraga oluvchi tomonidan yillik ijara to‘lovlari 1 oy davomida to‘langan taqdirda, unga yillik ijara summasidan Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida chegirma beriladi (bundan chegirma qo‘llamaslik sharti bilan ijaraga berilgan hamda bir yildan kam muddatga tuzilgan va boshqa imtiyozlar qo‘llangan ijara shartnomalari mustasno).
“E-auksion” orqali ijaraga olinganiga kamida 5 yil bo‘lgan davlat mulki obyektini kapital ta’mirlash, modernizatsiya qilish, tevarak-atrofini obodonlashtirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilgan va ijara to‘lovlari o‘z vaqtida to‘lab kelingan davlat mulki obyektining ijaraga olingan qismi baholangan qiymatda to‘g‘ridan to‘g‘ri sotib olish huquqi berilishi ushbu farmonda belgilab berildi.
Mazkur farmon bo‘yicha Surxondaryo viloyatida 53 ta davlat aktivlari (jumladan, 2 ta aksiya va ulushlar, 51 ta obyekt) xususiylashtirilishi belgilangan.
Bugungi kunda sotilishi belgilangan
2 ta davlat ulushidan bittasi, ya’ni “Saxovat” MCHJning 0,3 foiz davlat ulushi 32,2 million so‘mga jamiyatning ta’sischilariga uch tomonlama shartnoma asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotildi.
Qolgan bitta, ya’ni “Yashil dunyo markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”ni
100 foiz davlat ulushini baholash ishlari davom ettirilmoqda. Shuningdek, 51 ta davlat aktivlarini ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan bo‘lib, shulardan
44 tasi (86,2%) savdolarga chiqarildi, 15 tasi xususiy sektorlarga 12,4 milliard so‘mga sotilishi ta’minlandi hamda yangi savdo, servis va xizmat ko‘rsatish sohalarini barpo etilishi natijasida 100 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Qolgan 7 ta obyektni savdoga chiqarish bo‘yicha birlamchi hujjatlari shakllantirilmoqda. Bundan tashqari farmon doirasida 480 gektar yer uchastkalarini ommaviy savdolarga chiqarilishi belgilangan bo‘lib, bugungi kunda umumiy maydoni 355,3 gektar (74,02%) (1 774 ta) boshlang‘ich narxi 220,2 milliard so‘mlik qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalari savdoga chiqarildi va
106,3 gektar (1 172 ta) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun tadbirkorlarga mulk va ijara huquqi asosida 78,9 milliard so‘mga sotilishi ta’minlandi va buning natijasida 500 dan ortiq yangi ish o‘rinlari barpo etildi.

Samandar XUDOYBERDIYEV,
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Kichik fikrlar, katta g‘alabalar”

Bolalarda mantiqiy tafakkur, diqqat va strategik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda...

Hashar ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda

Yurtimizda “Yurt obodligi — avvalo mahalladan boshlanadi” shiori ostida...

Javobgarlik kuchaytirildi

Mamlakatimizda energiya resurslaridan oqilona foydalanish va tarmoqlardan noqonuniy foydalanish...

Vatan himoyasi – yigitlik burchi

Termiz shahridagi “Vatanparvarlar bog‘i”da muddatli harbiy xizmatga jo‘nab ketayotgan...
KunTun
KunTun