Daromad solig‘i bekor qilindimi?

Date:

Mamlakatimizda yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, soliq bazasini kengaytirish hamda jismoniy shaxslar uchun qonuniy faoliyatni yanada jozibador qilish maqsadida joriy yil 12-avgust kuni Davlatimiz rahbari tomonidan “Yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror imzolandi.Mazkur qarorga binoan
2026-yil 1-yanvardan boshlab, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan miqdorda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lash tartibi bekor qilinmoqda.
Amalda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan 100 million so‘m daromad qismi soliqdan ozod qilingan.
Yillik aylanmasi 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan YATT va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanmoqda (Amalda 4 foiz stavka belgilangan).
Qarorga asosan, YATT hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun maxsus huquqiy rejim joriy qilinib, ushbu rejim doirasida:
2025-yil 1-noyabrdan raqamli platformalar orqali masofaviy biometriya vositasi yordamida identifikatsiya qilish va mobil telefon raqamiga SMS-xabar yuborish yo‘li bilan YATT va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish imkoniyati yaratiladi;
YATT va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun raqamli platformalarda elektron hamyon ochish imkoniyati yaratiladi.
Mazkur elektron hamyon tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan va daromadlarni qabul qilish, xodimlar, kontragentlar va davlat organlari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash uchun mo‘ljallangan bankda ochilgan hisobvaraqqa tenglashtiriladi.
Shuningdek, qarorga asosan kunlik xodim yollovchilar uchun kunlik to‘lov “shu kunning o‘zida” mexanizmi joriy etilmoqda. Bunda:
—️ xodim bilan elektron mehnat shartnomasi tuzilgan bo‘lishi;
—️ xodim raqamli platformalarda elektron hamyonga ega bo‘lishi;
—️ soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish va to‘lashni o‘z ichiga olgan soliq intizomiga qat’iy rioya qilinishi lozim.

Sherzod Yadgarov,
Viloyat hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi

Oldingi sahifaBoysuntog‘dan kelar bir sado…
Keyingi sahifaOna

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolalar ta’limi uchun yangi imkoniyat

Bolaning ilk ta’lim muhiti uning kelajakdagi rivojida muhim o‘rin...

“Surxon yulduzi” iste’dodlarni kashf etmoqda

Yosh iste’dodlarni izlab topish va ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash...

“Open byudjet”: ikkinchi mavsum boshlandi

Hududlarni obod qilish va mahalliy muammolarni hal etishda fuqarolarning...

Yangi maskan — yangi imkoniyat

Shahar va tumanlarda zamonaviy jamoat maskanlarini yaratish nafaqat infratuzilmani...
KunTun
KunTun