O‘zbekiston global alyans safida

Date:

O‘zbekiston bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha xalqaro tashabbus – global alyansga qo‘shilib, 46-davlat sifatida uning a’zosi bo‘ldi. Bu qadam mamlakatda bolalar huquqlarini himoya qilish sohasida olib borilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi sifatida baholanmoqda.

UNICEF ma’lumotiga ko‘ra, alyansga qo‘shilish qarori O‘zbekistonda bolalar huquqlarini ta’minlash yo‘lidagi yutuqlar va qonunchilik islohotlariga asoslanadi. Joriy yil may oyida “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida” qonun qabul qilingan bo‘lib, hozirda uni amaliyotga tatbiq etish uchun tarmoqlararo strategiya va harakatlar rejasi ishlab chiqilmoqda.

Alyansga qo‘shilish O‘zbekiston uchun boshqa davlatlar tajribasini o‘rganish, samarali usullar bilan o‘zaro almashish va jahon amaliyotidan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Bu esa mamlakatning bolalar huquqlarini himoya qilish yo‘lida xalqaro hamkorlikka intilayotganini ko‘rsatadi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilning birinchi yarmida oilaviy zo‘ravonlik bilan bog‘liq 4952 kishi ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Ulardan 3200 nafariga jarima, 1752 nafarga ma’muriy qamoq jazosi qo‘llangan. Maishiy zo‘ravonlik bo‘yicha ochilgan jinoyat ishlari natijasida esa 231 shaxs sudlangan, ulardan 65 nafari ozodlikdan mahrum qilingan, qolganlariga yengilroq jazolar tayinlangan.

O‘zbekistonning global alyansga qo‘shilishi mamlakatda bolalar xavfsizligini ta’minlash va ularning huquqlarini mustahkamlashda yangi bosqich sifatida e’tirof etilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi vosita alkogolizmni davolaydi

O‘zbekistonda surunkali alkogolizmga qarshi farmakologik vosita davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib,...

Tabiatni asrash insoniylik burchimizdir

Har birimiz uchun tabiat – hayot manbayi hisoblanadi. Biz...

Manzilli ishlash mexanizmlari joriy etiladi

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini...

Bellashuv qizg‘in kechdi

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda "Zakovat intellektual klubi"...
KunTun
KunTun