Narx-navo barqaror

Date:

Jamiyat farovonligi, oilalar byudjeti va aholining kundalik turmushi eng avvalo bozorlarda arzon va sifatli mahsulotlarning mavjudligiga bog‘liq. Shu bois aholiga qulay sharoit yaratish, ularni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash masalasi doimiy e’tiborda.

Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev tegishli mas’ullar bilan birgalikda “Sariosiyo dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJda arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi faoliyati va bozordagi narx-navo barqarorligini o‘rgandi. Tashrif davomida chorvachilik, parrandachilik hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi ko‘zdan kechirilib, aholiga yanada qulay imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

Arzon va sifatli mahsulotlar aholining xarajatlarini kamaytirib, oilaviy farovonlikni mustahkamlaydi, jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlaydi. Shu sababli, yarmarkalarda mahsulotlarning narxi bozordagidan arzon, sifati esa talabga javob beradigan bo‘lishi qat’iy nazorat qilinmoqda.

Tuman hokimi savdo rastalarini ko‘zdan kechirib, mas’ullarga va tadbirkorlarga aholiga sifatli mahsulot yetkazib berish, narx-navoni barqaror ushlab turish va savdo rastalarida xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.

Shuningdek, yong‘in xavfsizligi vositalarining mavjudligi, elektr tarmoqlarining holati ham ko‘rib chiqilib, tadbirkorlar bilan tushuntirish ishlari olib borildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun