Bobo “Shuhrat”ga sazovor

Date:

Qutlugʻ sana oldidan inson qadri yanada ulugʻlanib, mehnati, ibratli hayot yoʻli munosib taqdirlanayotgani quvonarli. Prezidentimiz Farmoniga muvofiq, mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi arafasida yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan yuz yoshdan oshgan pir-u badavlat otaxon va onaxonlar safida Sho‘rchi tumanining “Qoqaydi” mahallasida istiqomat qilayotgan 103 yoshli Ikram bobo Tabarov ham bor.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Ikram boboning xonadonida bo‘lib, davlatimiz rahbari nomidan “Shuhrat” medali, bayram tabrigi va sovg‘alarni topshirdi.

Ikram bobo 42 yildan ziyod traktorchi bo‘lib ishlab, paxta, g‘alla va chorvachilik mahsulotlari yetishtirish, bog‘dorchilikni rivojlantirish hamda qishloq aholisining turmush sharoitlarini yaxshilashga munosib hissa qo‘shgan.

Hozirda piru-badavlat otaxon 12 farzand, 42 nevara, 22 chevara va evaralari ardog‘ida farovon umr kechirmoqda. Shu bilan birga, yosh avlodga suronli davrlarga to‘g‘ri kelgan bolalik, o‘spirinlik va yoshlik yillari, mudhish urush hamda urushdan keyingi og‘ir davrlarda ko‘rgan-kechirganlarini hikoya qilib, ularni Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga hissa qo‘shib kelmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim beriladi

Ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini yo‘lga qo‘yish...

Shamsiddin Vohidov — ikki karra Olimpiada chempioni

Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan surxondaryolik...

39 xonadonga tomorqadan daromad olish imkoniyati yaratildi

Bandixon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar...

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...
KunTun
KunTun