Muammolar tanqid ostida

Date:

Jarqo‘rg‘on tuman prokurori K. Turakulov tomonidan tumaning “Avlod” mahallasi “mahalla yettilik” a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025-yildagi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli Qarori ijrosini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.11.2024-yildagi 801-sonli qarori – “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari ijrosi yuzasidan berilgan xulosalar atroflicha muhokama qilindi.

Tanqidiy tahlil jarayonida mahallada amalga oshirilayotgan ijtimoiy profilaktika tadbirlarini o‘tkazish va ularning samaradorligi bo‘yicha mavjud muammolar ko‘rsatib o‘tildi, kamchiliklarni bartaraf etish uchun aniq choralar belgilandi. Yig‘ilish yakunida mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Asadbek boʻsh kelmadi

Toshkent shahrida dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro turnirda Termiz davlat...

TerDUda amerikalik mutaxassis ish boshladi

AQSh Elchixonasi huzuridagi Mintaqaviy ingliz tili bo‘limi (RELO) vakillari...

Sinovlar boshlandi

Termiz davlat universitetida 2026/2027-oʻquv yili uchun bakalavriat va magistratura...

Qumqo‘rg‘onda yangi mini-stadion ochildi

Qumqo‘rg‘on tumanining Bobolochin mahallasida yoshlar va aholi uchun mo‘ljallangan...
KunTun
KunTun