Xitoylik talabalar Termizda

Date:

“Yozgi universitet” loyihasi doirasida Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom hududidagi Shihezzi universitetining doktorant, magistrant va bakalavr talabalaridan iborat guruh Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida bo‘ldi.

Tashrif davomida xorijlik talabalar zamonaviy laboratoriyalar, innovatsion markazlar va o‘quv-amaliy bazalar faoliyati bilan tanishdilar. Robototexnika xonasida sun’iy intellekt qurilmalari asosida mashg‘ulotlar o‘tkazildi, elektromobillar markazida esa ekologik transport vositalari namoyish etildi.

Shuningdek, talabalar Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti va Surxondaryo tajriba stansiyasida bo‘lib, urug‘chilik hamda sabzavotchilik sohasidagi yangiliklarni o‘rganishdi. Universitetning agronomiya, seleksiya va urug‘chilik kafedrasi tomonidan tashkil etilgan mahorat darsida viloyat paxtachiligidagi yutuqlar muhokama qilindi. Bundan tashqari, ular Surxon geologiyasi muzeyi, Arxeologiya muzeyi, Sulton Saodat majmuasi va Fayoztepa yodgorligiga tashrif buyurib, mintaqaning boy tarixi bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur tashrif “Yozgi universitet” loyihasining amaliy va akademik yutuqlarini namoyon etdi hamda Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti bilan Xitoyning Shihezzi universiteti o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qurilish ishlari reja-grafikdan ortda…

Termiz shahridagi “Manguzar” mahallasida Davlat Investitsiya dasturi doirasida 504...

Turon Turkistondan qadimiyroq

Turon va uning hududi haqidagi taxminlar juda ko‘p. Biroq...

Kelajak — bizning qo‘limizda

Bugun yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar...

Taraqqiyot —  ongda,  shukrda, mas’uliyatda…

Bugun vohamizda, xususan Termiz tumanida bo‘layotgan o‘zgarishlar oddiy hodisa...
KunTun
KunTun