Hashar etadi davom

Date:

Termiz shahrining “Jo‘yjangal” mahallasida hashar ko‘tarinki kayfiyat bilan o‘tkazilmoqda. Mahalla ahli bir tan-u bir jon bo‘lib, o‘z hududini obod etish, ko‘chalarni tozalash va ko‘rkamlashga bel bog‘lagan. Har qarich yerda ahillik va hamjihatlik ruhi sezilmoqda.

Hashar davomida hovlilar va ko‘chalar tartibga keltirilmoqda, daraxt va gullar parvarish qilinmoqda, shuningdek, umumiy tozalik ishlari amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, yoshlar va nuroniylarning birgalikda faol ishtiroki mahallaga yanada fayz bag‘ishlamoqda.

Shu bilan birga, xonadonlarda oshlar damlanib, qo‘shnilar o‘zaro mehr-oqibat ila dasturxon atrofida jamlanib, kelayotgan bayram shukuhiga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun