Termiz bayramga shay

Date:

Mustaqilligimizning 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanalariga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Jumladan, Termiz shahrida joylashgan “San’at saroyi” majmuasi yozgi amfiteatrda viloyat miqyosidagi asosiy bayram tadbiriga tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur maskanga tashrif buyurib, asosiy sahna va atrofdagi yo‘laklar, maydonlarni bayramona ko‘rinishga keltirish, dekoratsiyalar bilan bezatish hamda konsert dasturiga tayyorgarlik holati bilan tanishdi.Ilgarigi o‘rganishlar davomida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan mas’ullar axboroti tinglandi. Shuningdek, tayyorgarlik ishlarini yanada jadallashtirish va reja asosida tashkil etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Keyingi manzilda viloyat rahbari Termiz tumanidagi “Uchqizil” suv ombori hududida tashkil etilishi rejalashtirilgan “Yoshlar va turizm” ko‘chasi qurilish ishlarini ham ko‘zdan kechirdi. U yerda olib borilayotgan ishlar talab darajasida emasligi, ayrim qurilish-ta’mirlash ishlari to‘xtab qolgani tanqid qilindi. Tuman rahbariyati va loyiha ijrochilariga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatilib, zarur ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, barcha kuch va imkoniyatlarni jalb etgan holda 2 kilometr uzunlikdagi piyodalar va velosiped yo‘laklarini barpo etish, shuningdek, savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarining qurilishini jadallashtirish vazifalari belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termizda yangi hayot nafasi

Termiz shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari nafaqat shahar qiyofasini...

103 xizmati faoliyati raqamlarda

Termiz davlat universiteti qoshida 103 xizmati yo’lgan qo’yilgan. Ushbu...

Yong‘in-qutqaruv salohiyati yangi bosqichda

Aholi xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularga...

Qurilish ishlari reja-grafikdan ortda…

Termiz shahridagi “Manguzar” mahallasida Davlat Investitsiya dasturi doirasida 504...
KunTun
KunTun