Hashar yosh-u keksani uyushqoqlikka boshladi

Date:

Erta tongdan Surxondaryo viloyatining shahar va tumanlarida, qishloq va ovullarida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari boshlandi. Hashar voha ahlini birdamlikka, bunyodkorlikka boshladi. Yosh-u keksa uyushqoqlik bilan tozalik ishlariga oʻz hissasini qoʻshdi.Mahallalar, ko‘chalar, xiyobonlar, tashkilot va muassasalar hududlarida obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘tarinki ruhda olib borilmoqda. Qadamjolar va qabristonlar tartibga keltirildi, bo‘sh yerlarga gul ko‘chatlari ekilib, daraxtlarga shakl berildi.Hasharning birinchi kunida vohaliklar 1 950 gektar maydonni obodonlashtirish, 1 400 tonna chiqindilarni chiqarish, 2,6 ming kilometrdan ziyod ariq va zovurlarni tozalashni rejalashtirgan. Bu ishlarga 1 300 dan ziyod maxsus texnika jalb qilingan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajakni asrang!

Har yili 22-mart — Butun jahon suv resurslari kuni...

Qochib bo‘lmaydi

Ba’zida farzandini yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ba’zi bir onalar nikoh...

EKOLOGIYA — BEPARVOLIKNI KECHIRMAYDI

Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish masalasi jamiyat taraqqiyoti, aholi...

Huquqiy davlatning muhim poydevori

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida demokratik huquqiy davlat va kuchli...
KunTun
KunTun