64 mingdan ortiq 1-sinf o‘quvchilari uchun “Prezident sovg‘alari” yetkazib berilmoqda

Date:

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur o‘tkazildi. Tadbir davomida jurnalistlarga 2025–2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari hamda 1-sinfga qadam qo‘yayotgan bolajonlar uchun mo‘ljallangan “Prezident sovg‘alari”ning hududlarga yetkazib berilishi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Press-tur doirasida OAV vakillari ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘alari”ni hududlarga yetkazib berish jarayonlari bilan bevosita tanishishdi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi ta’lim tizimidagi yangiliklar va davlatimiz rahbari tomonidan yaratilayotgan sharoitlar haqida keng jamoatchilikka xolis va ochiq ma’lumotlarni yetkazishdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun