Xalqaro maydonda ilk odim

Date:

Sportda yoshlarimiz erishayotgan muvaffaqiyatlar havas qilgulik. Bu koʻplab yoshlarni sportga jalb qilishga, qiziqishini oshirishga xizmat qilayotir. Tojikistonning Sug‘d viloyati, Xo‘jand shahrida sportning “Shotokan karate-do” yo‘nalishi bo‘yicha boʻlib oʻtgan ochiq turnir ham yoshlarimiz uchun muvaffaqiyatli kechdi. Ushbu musobaqada Uzun tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi karate to‘garagi a’zolari ham ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilishdi.

Yosh sportchilarimiz mazkur nufuzli turnirda umumiy hisobda 5 ta medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu natija ular uchun katta tajriba maktabi bo‘lish bilan birga, xalqaro maydondagi ilk muvaffaqiyatlardan biri sifatida e’tirof etildi.

Oldingi sahifaQanoat
Keyingi sahifa“Oriyat”da sharoit qanday?

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun