Sogʻlom hayot sari muhim qadam

Date:

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Surxondaryo viloyati vakilligi tashabbusi bilan hududdagi imom-xatiblar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, jismoniy faollikni oshirish hamda jamoaviy hamfikrlikni mustahkamlash maqsadida mini futbol va stol tennisi sport turlari boʻyicha “Imom-xatib kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqa doirasida viloyatning barcha tuman va shaharlaridan faol ishtirok etgan imom-xatiblar oʻrtasida sogʻlom raqobat va doʻstona muhit shakllandi. Gʻolib va sovrindor jamoalar hamda individual ishtirokchilar alohida taqdirlandi.

Taqdirlash marosimi Angor tumanida boʻlib oʻtdi. Tadbir doirasida ishtirokchilarga diplom, kubok va esdalik sovgʻalari topshirildi. Mazkur sport tadbiri imom-xatiblarning salomatligini mustahkamlash, jamoaviy birdamlikni kuchaytirish va faol hayot tarzini ommalashtirish yoʻlida muhim qadam boʻldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun