Dillarda bayram shukuhi

Date:

Eng ulug‘ va aziz ayyom — Mustaqillik bayramiga sanoqli kunlar qoldi. Bandixon tumanida ushbu qutlug‘ sanani munosib nishonlash maqsadida qizg‘in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.Tuman hokimi Abdumalik Allamuradov 9-son Madaniyat markaziga tashrif buyurib, O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan asosiy bayram tadbiriga tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

Dastur doirasida madaniyat markaziga maxsus yangidan keltirilgan dastur liboslari koʻzdan kechirildi hamda konsert dasturi loyihalarini tayyorlash va umumiy tashkiliy ishlar muhokama qilindi. Tuman hokimi bayram tadbirini yuqori saviyada tashkil etish konsert dasturini esa mazmunan boy va qiziqarli tarzda o‘tkazish zarurligini ta’kidladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yo‘limiz tozaligi uchun!

Boysun tumanida ekologik madaniyatni yuksaltirish va atrof-muhit ozodaligini ta’minlash...

Xavfsizlik va shaylik ustuvor

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi...

Iste’dodlar bir sahnada jam

Termiz shahridagi 26-sonli umumta’lim maktabida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan...

Sovuq kunlarda xavfsizlik — hayot garovi

Termiz tumanida sovuq kunlarda tabiiy va suyultirilgan gaz hamda...
KunTun
KunTun