Kichik qadamlar – katta sahnalarga yetaklar

Date:

Angor tumanidagi 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Kichik qadamlar – katta sahnalar” shiori ostida “Turon” kichkintoylar teatri jamoalarini tashkil etish bo‘yicha o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida “Turon kichkintoylari” teatrini tashkil etish bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi. Unda qo‘g‘irchoq teatri, qo‘lqobli teatr, barmoq teatri, stol usti teatri va soya teatrlari bo‘yicha amaliy namoyishlar tashkilot tarbiyachilari hamda tarbiyalanuvchilari tomonidan ijro etildi.

Seminarda tuman maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirok etib, bolalar teatrini yo‘lga qo‘yishdagi ilg‘or tajriba, samarali metod va yondashuvlar bilan o‘zaro fikr almashishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun