Ijro intizomi samara garovi

Date:

Surxondaryo viloyatida davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomi uchun mas’ul bo‘lgan xodimlar ishtirokida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimining o‘rinbosari Jo‘rabek To‘rayev, Hisob palatasining mas’ul xodimi Baxtiyor Dushayev, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Alisher Isoqov, shuningdek, Adliya vazirligining mas’ul vakili Sardor Allamurodov ishtirok etdi.

Seminarda Prezidentimizning “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati keng muhokama qilindi va ishtirokchilarga uning ahamiyati batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, 2025-yilning birinchi yarim yilligida ijro intizomi sohasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilindi. Mavjud muammolarga yechim topish, mas’uliyatni kuchaytirish va faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha ikkinchi yarim yillik uchun aniq taklif va vazifalar belgilandi.

Oldingi sahifa“AJDODLAR MEROSI”
Keyingi sahifaQulay va xavfsiz

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun