Tanishuv qizg‘in kechdi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi doirasida Tyanszin shahrida tog‘-kon, energetika va infratuzilma sohalarida faoliyat yurituvchi “Huabei Group” kompaniyasiga tashrif amalga oshirildi. “Huabei Group” — jahon bo‘yicha misni qayta ishlash sohasida uchinchi o‘rinda turuvchi, 10 milliard AQSH dollari miqdoridagi aktivlarga ega bo‘lgan Xitoyning yirik sanoat kompaniyalaridan biridir.

Tashrif chog‘ida O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va delegatsiya a’zolari kompaniyaning ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy texnologik yechimlari hamda sanoat infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar. Muzokaralar davomida tomonlar o‘rtasida misni qayta ishlash va metallurgiya sohasidagi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Ushbu tashrif Xitoyning yuqori texnologik salohiyatiga ega kompaniyalari bilan investitsion hamkorlikni chuqurlashtirish, strategik tarmoqlarda yangi istiqbolli imkoniyatlarni ochishga qaratilgan navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun