Sog‘lom bolalik sari

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maktabgacha yoshdagi bolalarda sog‘lom turmush tarzi, gigiyena va xavfsizlik madaniyatini shakllantirishga qaratilgan “Salomatlik alifbosi” nomli o‘quv-didaktik qo‘llanmalar to‘plami ishlab chiqildi.

To‘plam bolalar salomatligi va gigiyenasi, mening tanam, sog‘lom va xavfsiz ovqatlanish, jismoniy faollik, xavfsizlik qoidalari kabi 5 muhim yo‘nalishni qamrab oladi. Qo‘llanmalar o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillarida tayyorlangan bo‘lib, maktabgacha taʼlim pedagoglari uchun metodik asos sifatida xizmat qiladi. Har bir bo‘lim mashg‘ulotlar, suhbatlar, interaktiv faoliyatlar orqali bolalarda sog‘lom hayotga oid dastlabki tushunchalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan. Loyihalar “Mercy Corps” xalqaro nodavlat tashkilotining O‘zbekistondagi filiali bilan hamkorlikda, “Bolalar ta’limi va ovqatlanishi uchun” dasturi doirasida amalga oshirildi.

Hozirda “Salomatlik alifbosi” to‘plami maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yetkazilib, amaliyotda faol qo‘llanmoqda. Jumladan, Surxondaryo viloyatida 147 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti mazkur to‘plam bilan ta’minlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun