SABR

Date:

Muallim sinfxonaga kirdi. Shovqin ko‘tarayotgan bolajonlar birdan jim bo‘lishdi. Ustoz o‘rniga joylashib, o‘quvchilardan:

– Qani ayting-chi, sabr nima? — deb so‘radi.

Bilag‘on o‘quvchilar sabr haqida o‘z fikrlarini aytishga kirishishdi. Kimdir sabrni sariq oltin dedi, boshqasi uni jasoratga tenglashtirdi.

Ularning javobini tinglagan muallim: “Yashanglar, to‘g‘ri fikrlarni aytdingiz. Endi esa menga diqqat qilinglar!” dedi-da, o‘zi bilan olib kelgan tuvakdagi gulni ko‘rsatib, uning qurigan barglarini yulib tashladi. O‘simlik bir zumda ko‘rimsiz holga keldi. Keyin muallim o‘simlikka suv quydi va dedi:

– Mana shu o‘simlikning yangi barglari o‘sib chiqqunicha bo‘lgan davr – sabrdir! Agar qurigan barglar olib tashlanmaganida, yangisi o‘sib chiqmasdi. Sabr ham shunday, avval musibatdek ko‘rinadi-yu, keyin esa asta sekinlik bilan yaxshilikka aylanadi!

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Asadbek boʻsh kelmadi

Toshkent shahrida dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro turnirda Termiz davlat...

TerDUda amerikalik mutaxassis ish boshladi

AQSh Elchixonasi huzuridagi Mintaqaviy ingliz tili bo‘limi (RELO) vakillari...

Sinovlar boshlandi

Termiz davlat universitetida 2026/2027-oʻquv yili uchun bakalavriat va magistratura...

Qumqo‘rg‘onda yangi mini-stadion ochildi

Qumqo‘rg‘on tumanining Bobolochin mahallasida yoshlar va aholi uchun mo‘ljallangan...
KunTun
KunTun