Xotin-qizlar kasb-hunar o‘rganmoqda

Date:

Yurtimizda azal-azaldan ota-bobolarimiz hunarmandchilik sirlarini o‘rganib kelgan. Xususan, kulolchilik, ganj, zardo‘zlik, kashtachilik bilan shug‘ullanib, oilasiga ro‘zg‘origa foyda keltirgan. Bir yigitga 40 hunar ham oz deganlaridek, hunarli inson kam bo‘lmaydi. Mamlakatimizda hozirgi kunda hunar o‘rganmoqchi bo‘lgan yoshlarga barcha sharoitlar yaratilib, keng imkoniyatlar eshigi ochilgan.

Termiz tumanida xotin-qizlarni iqtisodiy va ijtimoiy faol hayotga keng jalb etish, ularni zamonaviy kasblarga o‘qitish, tadbirkorlikka yo‘naltirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Sayxunobod” tajribasi asosida yo‘lga qo‘yilgan dastur doirasida “Ayollar daftari”ning 1- va 2-toifa ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlar hamda ishsiz ayollar uchun tikuvchilik yo‘nalishida kasb-hunarga o‘qitish kurslari tashkil etildi.

Ushbu tashabbusdan ko‘zlangan maqsad xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, o‘z daromadiga ega bo‘lishi hamda tadbirkorlikka yo‘naltirish orqali oilasiga foyda keltirishdir.

D.Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajakni asrang!

Har yili 22-mart — Butun jahon suv resurslari kuni...

Qochib bo‘lmaydi

Ba’zida farzandini yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ba’zi bir onalar nikoh...

EKOLOGIYA — BEPARVOLIKNI KECHIRMAYDI

Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish masalasi jamiyat taraqqiyoti, aholi...

Huquqiy davlatning muhim poydevori

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida demokratik huquqiy davlat va kuchli...
KunTun
KunTun