Barcha soha e’tiborda

Date:

Viloyatimiz bo‘ylab ulkan qurilish-bunyodkorlik ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Barcha soha va tizimlarda shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov qurilish sohasidagi o‘rganishlarini Jarqo‘rg‘on va Qumqo‘rg‘on tumanlarida davom ettirdi. Jumladan, Jarqo‘rg‘on tumanidagi 31-sonli maktab hududida 300 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi qurilishi, “Yangi O‘zbekiston” massiviga tutash hududda tashkil etilgan savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari, ishlab chiqarish loyihalari hamda yaratilgan ish o‘rinlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirkorlik tashabbuslari muhokama qilinib, qurilish-ta’mirlash ishlar sur’atini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shundan so‘ng, “Xalqobod” mahallasida tumandagi barcha mahallalar “yettiligi” a’zolari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda “yettilik” faoliyatini yanada jadallashtirish, aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish va hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Tashrif doirasida Qumqo‘rg‘on tumanidagi 4-sonli maktabda olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari ham ko‘zdan kechirildi. Yakunda qurilish sohasidagi davlat dasturlari va belgilangan vazifalar ijrosi mutasaddilar ishtirokida muhokama qilindi. Unda “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida rejalashtirilgan ishlar ham taqdimot qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajakni asrang!

Har yili 22-mart — Butun jahon suv resurslari kuni...

Qochib bo‘lmaydi

Ba’zida farzandini yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ba’zi bir onalar nikoh...

EKOLOGIYA — BEPARVOLIKNI KECHIRMAYDI

Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish masalasi jamiyat taraqqiyoti, aholi...

Huquqiy davlatning muhim poydevori

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida demokratik huquqiy davlat va kuchli...
KunTun
KunTun