Tarixiy obyektlar auksionda

Date:

2025-yil 1-iyuldan moddiy madaniy meros obyektlari va ularga tutash hududlar ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash bo‘yicha investitsiya majburiyatlari olgan holda elektron onlayn-autsion savdolari orqali ijaraga berilishi mumkin.

Moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni ijaraga berish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi va  Madaniy meros agentligi huzurida davlat muassasasi shaklida Madaniy meros obyektlaridan foydalanish Direksiyasi  tashkil etiladi.

Joriy yilning 1-sentyabridan yil yakuniga qadar respublikadagi barcha davlat mulki bo‘lgan madaniy meros obyektlari (muhim bo‘lgan strategik obyektlar, mudofaa va davlat xavfsizlik obyektlari, ijtimoiy soha obyektlari, shuningdek, davlat tashkilotlari va idoralari tomonidan notijorat maqsadlarda foydalaniladigan obyektlar bundan mustasno) keyinchalik samarali foydalanish va ijaraga berish uchun operativ boshqarish huquqi bilan Direksiyaga o‘tkaziladi. Madaniy meros obyektlarini va ularning qismini ijaraga berishdan tushgan mablag‘lar to‘liqligicha Direksiyaga yo‘naltiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun