Buvilarni ijaraga yollashadi

Date:

Rivojlangan davlatlarda ilm-fan, ixtirolar cho‘qqisiga chiqdi. Bir necha yil avval xayolga ham kelmagan narsalar bugun hayotga tatbiq etilayotir. Robotlar, mashinalar og‘irni yengil, yumushni oson qilmoqda. Bu-ku, maylik, endilikda odamlarni ham ijaraga olish mumkinligiga nima deysiz? Tavba, tinib-tinchimagan odamlar nimalarni o‘ylab topishmaydiya?

Masalan, Yaponiyada “OK Obaa chan” (“Xo‘p bo‘ladi, buvijon”) nomli xizmat turi ishga tushdi. Bunda 60 yoshdan oshgan buvilarni 1 soatga 3300 iyena (~ 22 $) evaziga yollash mumkin. Buvilar uy yumushlarida yordam beradi, taom tayyorlashni o‘rgatadi, suhbat quradi yoki ma’naviy ko‘mak ko‘rsatadi. Platformada 60 yoshdan 94 yoshgacha bo‘lgan 100 ga yaqin ayollar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, mijozlar o‘ziga yoqqan “buvi”ni tanlab yollashi mumkin. Tashabbusga turlicha munosabat bildirilmoqda: ayrimlar bu g‘oyani iliq qarshi olgan, uni qariyalarga qiziq va og‘ir bo‘lmagan ishni topish uchun yordam beradi, deb baholasa, boshqalar begonalarning uyiga borishdagi xavfsizlik masalalarini ko‘tarmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun