Futzal federatsiyasi prezidenti Surxondaryoda

Date:

O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov Surxondaryo viloyati futzalining bugungi holati bilan tanishish, viloyatda sportning futzal turini rivojlantirish istiqbollari, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan viloyat rahbarlari, futzal jamoatchiligi bilan uchrashish va muloqot o‘tkazish uchun Termiz shahriga yetib keldi.

Muhokamalarda viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Ulug‘bek Qosimov, Surxondaryo viloyati DXX boshqarma boshlig‘i Aliyor Eshmatov, TerDU rektori Abduqodir Toshqulov, Surxondaryo viloyat Sport boshqarmasi boshlig‘i, viloyat futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Sanjar Shomurodov, “Surxon” futbol klubi, futzal jamoasi vakillari, futzal faxriylari hamda mutaxassislari ishtirok etdi.

Uchrashuvda viloyatda futzalni rivojlantirish istiqbollari, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, infratuzilmani yanada takomillashtirish hamda ushbu sport turini ommaviylashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar atroflicha muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, viloyatda futzalni rivojlantirish jarayoni nisbatan kech boshlangan bo‘lsa-da, so‘nggi yillarda jadal sur’atlarda taraqqiy etmoqda.

Xususan, “Surxon” jamoasi qisqa fursat ichida birinchi ligadan mamlakatimiz Oliy ligasi jamoalari safidan mustahkam o‘rin egallab, elitadagi mavqeini saqlab kelmoqda. Bu esa yosh avlodning jismonan sog‘lom, ma’nan barkamol voyaga yetishi, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish hamda futzalning ommalashuvida muhim omil bo‘layotgani qayd etildi. Uchrashuv doirasida viloyatda futzal bo‘yicha musobaqalarni keng qamrovda tashkil etish, iqtidorli yoshlarni saralab, ularni qo‘llab-quvvatlash va klub faoliyatini institutsional asosda davom ettirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi hamkorlik tizimi joriy etiladi

Hukumatning 2026-yil 9-yanvardagi 8-son qarori bilan oliy ta’lim tashkilotlari...

Notarial harakatlar onlayn tarzda…

“Notarial harakatlarni videokonferensaloqa rejimi orqali amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi...

Kerakli choralar ko‘rildi

Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi hamda...

Muammosi hal

Turmushdagi og‘ir sharoitlar sababli uysiz qolib, birovlarning uyida yashab...
KunTun
KunTun