BAXTLI YASHASH SIRI

Date:

Chinning suluv qizi Li-Li suyganiga turmushga chiqdi. U baxtli edi, biroq shirin hayotiga qari, injiq qaynonasi zahar tomizib turardi. Qaynona-kelinning adoqsiz janjallaridan to‘ygan erkak uyga kelmaydigan odat chiqardi. O‘z oilasini saqlab qolishni istagan kelinchak tabib huzuriga bordi va dardini to‘kib soldi.

Nuroniy unga kukunga o‘xshash bir dori tutqazdi.

— Bu asta-sekinlik bilan ta’sir qiladigan zahar, — dedi keksa tabib, —uni uch oy davomida har kun oz-ozdan qaynonangning taomiga qo‘shib berasan! Qaynonangning o‘limida sendan gumonsiramasliklari uchun unga eng sara taomlarni tayyorlab, yaxshi muomalada bo‘l!

Li-Li cholning aytganiga amal qildi. «Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqadi» deganlariday, kelinning muloyim munosabati qaynonani tamomila o‘zgartirdi. Ular ona-yu qizga aylandi.

Yosh kelin o‘zini og‘ir yuk bosayotganday his qilib, qilmishidan pushaymon bo‘ldi va cholning huzuriga keldi.

— Qaynonamning qonini zahardan tozalovchi dori bering, iltimos. Uning o‘lishini aslo istamayman! Chol ko‘zlari yoshlanib,javdirab tikilib turgan Li-Liga qarab, qah-qah otib kuldi.

— Qizalog‘im-a, senga berganim darmondorilar edi. Ular qaynonangning kuchiga kuch qo‘shardi. Haqiqiy zahar, aslida, miyangda edi. Sen undan xalos bo‘lding. Endi chinakamiga baxtli yashaysan, — degan ekan tabib.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Oltinsoy jamoasi finalda!

Surxondaryo viloyati futbol bo‘yicha 2-liga chempionatida final bosqichiga yo‘llanma...

Bilimlar sinovdan o‘tmoqda

Iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning bilim va salohiyatini yuzaga chiqarish...

“Ilg‘or”liklar ilg‘or

Hududlarni obodonlashtirish, yashil maydonlarni kengaytirish va ekologik muhitni yaxshilash...

«Nurli diyor»da yangi o‘rikzor

Yurtimizda yashil hududlarni kengaytirish, ekologik muhitni yaxshilash borasidagi ishlar...
KunTun
KunTun