Ta’til taassurotlarga boy o‘tdi

Date:

Oliygohda ham talabalar ta’tilini xorijda o‘tkazish bilim va tajriba oshirish bilan bir qatorda biro lam taassurotlar olish imkoni berilavermaydi. Joriy yilning 17–28-iyun kunlari Termiz iqtisodiyot va servis universiteti delegatsiyasi tarkibidai talaba-yoshlarga ana shunday imkon berildi. delegatsiya Indoneziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Indoneziya Ta’lim universitetida yozgi xalqaro ta’lim dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Talabalar o‘zlashtirgan nazariy bilimlari, balki ta’lim tizimi, xalqaro hamkorlik tajribalarini oshirdi. Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Indoneziya ta’lim tizimi, xususan, Indoneziya Ta’lim universitetining tuzilmasi, faoliyati va yutuqlari bilan yaqindan tanishdilar. Talabalar universitetdagi mavjud ta’lim yo‘nalishlari, o‘quv jarayonlari, xalqaro aloqalar hamda erishilgan natijalar haqida boy ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Yozgi ta’lim dasturi davomida talabalar Indoneziya madaniyati, urf-odatlari, milliy qadriyatlari bilan yaqindan tanishdilar. Madaniy tadbirlar, ekskursiyalar va talabalarning o‘zaro muloqoti do‘stona aloqalarni mustahkamlab, xalqaro hamkorlikning yanada kengayishiga xizmat qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qurilish ishlari reja-grafikdan ortda…

Termiz shahridagi “Manguzar” mahallasida Davlat Investitsiya dasturi doirasida 504...

Turon Turkistondan qadimiyroq

Turon va uning hududi haqidagi taxminlar juda ko‘p. Biroq...

Kelajak — bizning qo‘limizda

Bugun yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar...

Taraqqiyot —  ongda,  shukrda, mas’uliyatda…

Bugun vohamizda, xususan Termiz tumanida bo‘layotgan o‘zgarishlar oddiy hodisa...
KunTun
KunTun